Surxondaryolik qidiruvda bo'lgan shaxs Rossiyada qo'lga olindi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 2022-yil yanvar oyida, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida, koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, qidiruvda boʻlgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qoʻllanilgan shaxs 6-iyul kuni Moskva shahrida yashirinib yurganligi aniqlandi.
Rossiyada xizmat safarida boʻlgan Oʻzbekiston IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Surxondaryo viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga yuborilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22219 | Инструменты