Huawei 1
Tadbirkorlar maktabining hududiy filiallarida o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazining hududiy filiallarida ayni paytda 120 dan ortiq tinglovchilar tahsil olib, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, hududlarda “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi filiallari tashkil qilishda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar, tarmoq tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillarining talab va takliflariga ustuvorlik berilgan.

Bugungi kunda Markazning Jizzax, Nukus, Urganch, Samarqand, Farg‘ona filiallari faoliyat yuritib, ularda joriy yildagi dastlabki mavsumda 120 dan ortiq tinglovchilar tahsil olmoqda.

E’tiborlisi, ta’lim jarayonlariga mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Mashg‘ulotlar Germaniya, Turkiya, Vengriya va Ispaniya ta’lim dasturlari asosida olib borilmoqda.

Joriy mavsum tinglovchilari uchun o‘z hududlaridagi “Bazalt” klasteri, “Vero group”, “Nukus polimer”, “Ekokerama” kabi ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Tadbirkorlar maktabiga qabul davom etmoqda.

Ularda ta’lim olish va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash – mutlaqo BЕPUL.

O‘quv markazi rasmiy sayti: business-assistant.uz

Aloqa markazi telefon raqami: +998 71 254 92 01

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga