Huawei 1
Toshkentda YTH oqibatida haydovchi va ikki piyoda vafot etdi

22 oktyabr kuni soat 06:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 1985 yilda tug‘ilgan haydovchi S.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 2 nafar piyoda — 1953 yilda tug‘ilgan S.K. va 1960 yilda tug‘ilgan K.S.larni urib yuborgan. So‘ng rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga to‘qnashgan.

YTH natijasida haydovchi va piyoda olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir piyoda 1960 yilda tug‘ilgan K.S. shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102217 | Инструменты