Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi iqtisodiy konsentratsiya bitimiga rozilik berdi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Megashop” MCHJ QQning “Repair Industry” MCHJ va “Hayfil consalting” MCHJlarni qo‘shib olish yuzasidan qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

“Repair Industry” MCHJ — sport tovarlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya.

“Hayfil consalting” MCHJ — holding kompaniyalari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan kompleks tahlillar shuni ko‘rsatdiki, mazkur birlashuv sport tovarlarining chakana savdosi bozorida raqobatni cheklashga yoki monopoliyani shakllantirishga olib kelmaydi. 

Shu munosabat bilan, Maxsus komissiyaning xulosasi asosida, Qo‘mita birlashuv bitimiga rozilik berish haqida qaror qabul qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты