Huawei 1
Tadqiqot: lizing va bo‘lib to‘lash avtomobil savdosiga ta’sir ko‘rsatishda davom etadi

KPMG O‘zbekiston avtomobil bozorini tahlil qilib, undagi o‘sishning muhim jihatlariga e’tibor qaratgan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda har mingta aholiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni qo‘shni davlatlarga qaraganda ancha past. Bu avtomobil bozorida sezilarli o‘sish imkoniyatidan dalolat beradi.

Ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasidagi tafovut qisqarishi mumkin. Iqtisodiy vaziyat yanada yaxshilanib, uy xo‘jaliklari daromadlari oshgani sayin avtomobillarga talab ortib boradi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bozorida avtomobillar sonining o‘sishiga hissa qo‘shgan asosiy omillardan biri bu avtokreditlardir. Shuningdek, lizing va bo‘lib to‘lash kabi omillar yaqin kelajakda avtomobil savdosi o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishda davom etadi.

Ma’lumot uchun, KPMG — audit, soliq, yuridik va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi dunyodagi firmalar tarmoqlaridan biri.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102113 | Инструменты