Huawei 1
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo'jalik birlashmalari texnikumlarga biriktiriladi

“Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta'lim tashkilotlari ro'yxati tasdiqlandi.

2025-yil 1-sentabrgacha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo'jalik birlashmalari belgilangan tartibda kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida texnikumlarga biriktiriladi.

2025/2026-o'quv yilidan texnikumlarga quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat beriladi:

- fanlarni bir-biriga integratsiya qilishga hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha o'zgartirishga;

- yetakchi xorijiy ta'lim tashkilotlari ishtirokida to'lov-kontrakt asosidagi qo'shma ta'lim dasturlarini joriy qilishga;

- kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzishga;

- fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka o'qitish bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil qilishga;

- kasbiy ko'nikmalar markazlaridan amaliyot bazalari sifatida bepul foydalanishga.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102114 | Инструменты