Huawei 1
Rossiyada urushga qatnashishdan bosh tortgani uchun kamida 12 kishi fuqarolikdan mahrum qilingan

Rossiyada 2023-yil dekabrdan boshlab kamida 12 kishi harbiy ro‘yxatga turmagani va “voyenkomat”ga bormagani uchun fuqarolikdan mahrum etildi.

Fuqarolikdan mahrum etilgandan so‘ng, barcha erkaklarga Rossiyani tark etish majburiyati yuklangan. 12 ta holatdan 10 tasi so‘nggi ikki oy ichida sodir bo‘lgan. Yozda Davlat dumasi harbiy ro‘yxatga turmagan shaxslarni fuqarolikdan mahrum etish huquqini beruvchi qonun loyihasini qabul qilgandi.

Yangi qonunning asosiy maqsadlaridan biri “yangi safarbarlikdan qochib, sobiq muhojirlarni majburan urushga jo‘natishdir”.

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi: Ukraina bilan urushga 10 ming nafar naturallashtirilgan rossiyalik yuborildi

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin iyun oyida mamlakatda Rossiya fuqaroligini olgan, ammo harbiy ro‘yxatga turmagan 30 mingdan ortiq muhojir “qo‘lga olinganini” aytgandi. U 10 mingga yaqini allaqachon Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi urushga jo‘natilganini bildirgan.

So‘nggi bir yil ichida Rossiyada istiqomat qilgan 2 million chet el fuqarosi mamlakatni tark etgan. 2024-yilda Rossiyaning o‘nlab hududlari migrantlarning ishlashiga cheklovlar joriy etgan.

Rossiya hukumati 22-mart kuni Crocus City Hall’da Tojikiston fuqarolari tomonidan amalga oshirilgan teraktdan so‘ng migratsiya siyosatini qattiqlashtirishni boshladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102114 | Инструменты