Huawei 1
Oliy o‘quv yurtlari va litsey talabalari uchun qishki ta’til 24 yanvargacha uzaytirildi

2021/2022 o‘quv yilining ikkinchi yarmini to‘liq va puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik lisey talaba-o‘quvchilari uchun qishqi ta’til muddati 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar va shuningdek, OTM kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtganligi sababli kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda oʻquvlar tashkil etiladi.

Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalari huzuridagi barcha professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar rahbarlari ham jalb etiladi. Shundan kelib chiqib, qishki ta'til muddati yana 13 kunga uzaytiriladigan bo'ldi.

Bundan tashqari, talabalarga avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 24 yanvariga qadar uzaytirildi.

Shuningdek, 11 yanvarigacha bo‘lgan muddatga xarid qilingan avia va temir yo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib berilishi ma'lum qilindi.

"Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Oliy ta’lim vazirligida Maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan talabalar quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi", deyiladi xabarda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102002 | Инструменты