Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasining "O‘zbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.
Yo‘riqnoma tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini berish, qayd etish, saqlash va qaytarish tartibini belgilaydi.
Aksiz markalari bilan markalanadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni ishlab chiqaruvchi korxonalar “Davlat belgisi” DUKga quyidagi shaklga muvofiq aksiz markalarini xarid qilishga buyurtmanoma bilan murojaat etadilar.
Importchilar Bojxona qo‘mitasining hududiy organlariga belgilangan shakldagi buyurtma bilan murojaat qiladilar
Quyidagi aksiz tovarlarni markalash majburiy emas:
- respublikadan tashqariga eksport qilinayotgan;
- bojsiz savdo qiluvchi do‘konlar uchun respublika hududiga keltirilayotgan;
- Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda, ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun keltirilayotgan;
- xalqaro tranzit bo‘yicha O‘zbekiston olib kelinayotgan va olib chiqishga mo‘ljallangan;
- jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan aksizsiz olib kirish meʼyorlari doirasida keltirilayotgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10314 | Инструменты