Huawei 1
Yer aholisi 2024-yilda qanchaga ko‘paydi?

2024-yilda Yer aholisining soni o‘tgan yilga nisbatan qariyb 82 million kishiga ko‘paydi. Bu haqda Germaniyaning Jahon aholisi jamg‘armasiga (Deutsche Stiftung Weltbev lkerung, DSW) tayanib, “TASS” xabar berdi.

Tashkilotning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvarga qadar dunyoda 8,156 milliard kishi yashaydi. Germaniya aholisi bir yil ichida avvalgi darajada qolmoqda va taxminan 84 million kishini tashkil etgan. Aholining ko‘payishi Afrikada kuzatilgan. Ekspertlar yaqin yigirma yil ichida ushbu qit’ada yashovchi odamlar soni ikki baravar ko‘payishini taxmin qilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2037-yilda sayyoramiz aholisi birinchi marta 9 milliarddan oshishi mumkin. Dunyo aholisining o‘sishi davom etayotgan bo‘lsa-da, o‘sish sur’ati sezilarli darajada sekinlashgan. Hozirgi global tug‘ilish darajasi har bir ayolga o‘rtacha 2,2 bolani tashkil qiladi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10515 | Инструменты