Huawei 1
Taniqli yozuvchi, jurnalist Luqmon Bo‘rixon 57 yoshida vafot etdi

Taniqli yozuvchi, jurnalist Luqmon Bo‘rixon vafot etdi. Bu haqida huquq faoli, ijodkorning do‘sti Abdurahmon Tashanov o‘z sahifasida ma’lum qildi.


Luqmon Bo‘rixon 1965-yil 15-fevralda Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanidagi Yangiobod qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1991). 

Dastlabki hikoyasi — "Begimqul katta" (1987). Shundan so‘ng yozuvchining "Yalangoyoq" (1991), "Sirli muallim" (2006), "Xizr ko‘rgan yigit" (2007) singari hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan. "Jaziramadagi odamlar" (2005) romani muallifi

Qadrli ijodkorning joyi jannatda bo‘lsin. Uzreport.news nashri yozuvchining yaqinlari, do‘stlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52909 | Инструменты