Farg'ona viloyati Ichki ishlar bo'limi tanishining tillalarini sotib yuborgan firibgarni aniqlagani haqida xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, o'tgan yili oktyabr oyida fuqaro bir tanishini farzand koʻrmayotgani sababli Rossiyaga borib davolanib kelishida "yordam" bermoqchi bo'lgan. Buning uchun jami $2000 ga teng tilla taqinchoqlarini aldov yoʻli bilan olib, sotib yuborgan. Pullarni esa oʻz ehtiyojlari yo'lida ishlatib yuborgan.
Tanishiga ishongan, tirnoqqa zor ayol ushbu holat bo'yicha Farg'ona viloyati IIBga murojaat qilgan. Hozirda ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Yuqorida koʻrsatilgan modda bilan "uddaburon" ayol 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82409 | Инструменты