Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchi 21 yoshli (ayol) IIB ga ariza bilan murojaat qilib, Telegramda Farrux-96 nomli profil egasi uning turli foto-suratlari va behayo tasvirlari bo‘lgan videolarini internetda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. Ayol ushbu erkak suratlarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilayotganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumanida yashovchi 22 yoshli (ayol) G.B. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan G.B., A.Q. bilan Telegramda “Farrux-96” profili orqali o‘zini Farrux deb tanishtirib, A.Q.ni yaxshi ko‘rib qolganligini, kelgusida unga uylanish maqsadi borligini aytib, uni ishonchiga kirgan.
Bu orqali uning turli fotosuratlari va behayo videotasvirlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan va tarqatmaslik evaziga o‘zining turli bank kartalariga jami 14.300.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazdirib olgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, G.B.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50919 | Инструменты