Termizda 2 kg "opiy" bilan qo'lga tushgan fuqaro 14 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi 1989 yilda tug'ilgan fuqaro 2021-yilning sentabr oyida Denov tumanida tojikistonlik shaxsdan 2 kg “opiy” moddasini 14 ming AQSH dollariga sotib olib, uni mo‘may daromad topish maqsadida uyida saqlab kelgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati "Uzreport.news" manbasiga xabar berdi. 

2022-yilning iyun oyida esa u Termiz shahri va Termiz tumanida yashovchi, 1983 va 1986-yillarda tug‘ilgan 2 nafar tanishi  bilan ushbu og‘uni shartli xaridorga 40 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida Termiz shahrida yashovchi, 1985-yilda tug'ilgan shaxs ham mazkur noqonuniy ishga aralashganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu 4 nafar narkosavdogarlar Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga 12 yildan 14 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbek-tojik chegarasi yaqinida 26 kg narkotik modda qoldirib ketilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты