Huawei 1
Termizda attraksiondan yiqilganlarning ahvoli qanday?

Avvalroq, Surxondaryoda attraksion trosi uzilib ketishi oqibatida 4 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edik. 

Ma'lum qilinishicha, jabrlanganlar zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialidan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, jarohat olganlarning bir nafari reanimatsiya bo‘limida qolmoqda, holati yaxshi. Qolganlari umumiy palatalarda zarur muolajalarni olayotir. Shifokorlar ularning to‘liq sog‘ayishi uchun muayyan vaqt kerakligini aytmoqda. 

Shahar markazidagi “Bolajon” istirohat bog‘i “Termiz avnue park” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bo‘lib, holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari dastlabki tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga