Hozirda oltinni osh, kabob yoki pissaga qo‘shib tayyorlash urf bo‘lmoqda. Musulmonlar idorasi Fatvo markazi oltinning o‘zini yeyish yoki uni biror taomga qo‘shib tanovul qilish Islom dinida durust va halol emasligi bildirdi.
"Oltinni o‘zini yeyish yoki uni biror taomga qo‘shib tanovul qilish dinimizda durust emas. Birinchidan, aslida oltin va kumush naqd pul hamda ayollarga ziynat qilib yaratilgan. Uni yeydigan narsaga aylantirish joiz emas. Bunday qilish shar’iy va insoniy urfga ziddir. Chunki biror bir millat, din yoki jamiyat oltin va kumushni taom sifatida qabul qilmagan.
Ikkinchidan, oltin va kumushdan yasalgan idishlarda taomlanish va ichish ham joiz emas.
Ulamolarimizning so‘zlariga ko‘ra, bu qaytariqning sababi oltin va kumush idishlarda yeb-ichish kibr hamda faxrga olib boradi va faqir insonlarning ko‘nglini sindiradi. Ushbu salbiy sifatlar oltinni idish sifatida ishlatgandan ko‘ra oltinni iste’mol qilishda ko‘proq topiladi. Bu esa o‘z navbatida inson qalbidagi bandalik sifatini yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
Uchinchidan, bu molni isrof va zoye qilish va ne’matlarning qadrini yerga urish hisoblanadi.
To‘g‘ri, ayrim tabiblar shifo maqsadida kam miqdorda oltin iste’mol qilishni tavsiya qilgan bo‘lishi mumkin. Bu zaruratda boshqa dori qolmagani uchun “harom bilan davolanish” bobidan bo‘lib, alohida mavzu hisoblanadi. Lekin odatdagi holatda tilla va kumushni taomga qo‘shib yeyish halol emas.", - deyiladi fatvoda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92802 | Инструменты