Huawei 2
To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi favqulodda to‘xtatildi

O‘zbekiston Energetika vazirligi Namangan viloyatidagi “O‘ztransgaz” AJga qarashli magistral gaz quvuri o‘tgan yer maydonida noma’lum shaxslar tomonidan kelishmasdan yerni qazish ishlari olib borilganligi natijasida gaz quvuriga shikast yetkazganligi to‘g‘risida xabar berdi.

Ushbu gaz quvuri To‘raqo‘rg‘on IESni yoqilg‘i bilan ta’minlaydi. Mazkur gaz quvuriga yetkazilgan shikast natijasida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi favqulodda to‘xtatildi.

Hozirgi vaqtda nosozliklarni bartaraf etish, shuningdek, elektr ta’minoti uchun zaxira quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.

Boshqa elektr stansiyalarida zaxira energobloklarini ulash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ma’lum vaqt zarurligini inobatga olgan holda, ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga