Huawei 2
“TOEFL IBT” sertifikati olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.K. va A.A. o‘zaro til biriktirib, fuqaro U.Yu.ning ishonchiga kirib, uning turmush o‘rtog‘i Sh.Yu.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan “TOEFL IBT” sertifikatini olib berishi evaziga 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan  ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga