Huawei 1
"Tojikiston–O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron–Turkiya" multimodal transport koridorini rivojlantirish loyihasi ko'rib chiqildi

21-sentabr kuni Dushanbe shahrida "Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya" transport yo‘lagi bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhning birinchi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O'zbekiston Transport Vazirligi axborot bermoqda

Qayd etilishicha, iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) boshchiligida o‘tkazilgan ishchi guruh yig‘ilishida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi mutaxassislari ishtirok etdi.

IHTga a’zo davlatlar transport vazirlarining 11-yig‘ilishida qabul qilingan Anqara deklaratsiyasiga ko‘ra "Tojikiston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya" multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha loyiha dasturini ishlab chiqishga kelishilgan edi.

Yig‘ilishda yuk tashishlarni ko‘paytirish va savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish, xususan dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlar uchun xalqaro tranzitni rivojlantirish va rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53109 | Инструменты