Huawei 1
Toshkent aeroportida Hindistondan uchib kelgan ikki fuqaroning cho'ntagidan 1,8 mlrd so‘mlik olmoslar topildi

Yaqinda Toshkent xalqaro aeroportida Dehlidan uchib kelgan yo‘lovchining paltosi cho‘ntagidan 281 karat xajmdagi olmos qimmatbaho toshlari topilgan.

Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan fosh qilingan mazkur holatda yo‘lovchi bojxona nazoratiga taqdim etmagan olmoslarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 873 mln so‘mdan oshmoqda.

Hindistondan uchib kelgan yana bir yo‘lovchining bagajini ko‘zdan kechirish davomida ushbu xorijiy fuqaro ham 57 dona turli o‘lchamdagi olmos toshlarini yashirincha olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.

Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan qimmatbaho toshlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 942 mln so‘mdan oshmoqda.

Eslatib o‘tamiz, respublika bojxonachilari 2023 yilda aniqlangan 394 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 32,4 mlrd so‘mlik 163 kg zargarlik buyumlari, shu jumladan qimmatbaho toshlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini olishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62813 | Инструменты