Huawei 1
Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli yo‘llarining qurilishi qachondan boshlanishi aytildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 3-fevral kuni  Toshkent—Andijon muqobil yo‘li loyihasi bo‘yicha hisobot berilgan edi. Transport vaziri Ilhom Mahkamov ushbu loyihalar xususida intervyu berdi.

Vazirning aytishicha, Toshkent—Andijon yo‘li qurilishi loyihasi 10,5 mln nafardan ortiq aholi yashaydigan vodiy ahlini poytaxt va voha bilan “arteriya” bo‘ladi. 

“Yanvar oyida ushbu loyiha bo‘yicha tender eʼlon qilindi. Bunda ikki bosqichdan iborat bo‘lgan tender amalga oshiriladi. Joriy yilda qurilish ishlarini boshlaymiz. 30 dan ortiq dunyoda taniqli kompaniyalar qiziqish bildirdi. O‘ylaymizki, tender orqali salohiyatli kompaniyalar tanlanadi”, deydi Mahkamov.

Transport vaziri Toshkent—Samarqand 300 km dan iborat, olti tasmali yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha ham loyihaviy hujjatlar ishlari yakunlanganini aytdi. 

“Hozirgi kunda tender ishlarini amalga oshiryapmiz. Bu loyiha bo‘yicha ham ishlar joriy yilda boshlanishi ko‘zda tutilgan. Prezidentimiz tomonidan barcha tender jarayonlarini qoidalarga to‘laqonli rioya qilgan holda, lekin ortiqcha vaqt sarflamasdan, joriy yilda ikkala yo‘l qurilish ishlarini boshlash topshirildi”,  deya qo‘shimcha qilgan Ilhom Mahkamov.

Eslatib o'tamiz, Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil 3 oy muddatda qurilishi haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, yo‘lda 10 ta tunnel bo‘ladi. Pulli yo‘l qurilishi orqali safar vaqti 2 soat 14 daqiqaga qisqaradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20423 | Инструменты