Toshkent hayvonot bog‘ida 8-yanvar kuni jirafa nobud bo‘ldi. Bu haqda hayvonot bog‘i ma’muriyati xabar berdi.
"Biz jirafani saqlab qolish uchun barcha davolash usullarini qo‘lladik. Jumladan, xalqaro veterinariya videokonferensiyalarida ishtirok etgan mutaxassislarning yordami va xorijiy hamkasblar bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvdan foydalandik", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, patologanatomik tekshiruv natijalari jirafaning o‘limiga oshqozon burulishi sabab bo‘lganini ko‘rsatgan.
"Barcha harakatlarimizga qaramay, natija fojiaviy bo‘ldi. Jirafalarning anatomik va fiziologik xususiyatlari tufayli, ularning oshqozon-ichak tizimida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazib bo‘lmaydi. Chunki jahon amaliyotida bunday kasalliklarni muvaffaqiyatli davolash holatlari mavjud emas", — deya ta’kidlanadi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10922 | Инструменты