Huawei 1
Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligi munosabati bilan fotoko‘rgazma tashkil etiladi

Toshkent Fotosuratlar uyida 19−20-oktabr kunlari Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligi munosabati bilan “Tarix obyektivda” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda bog‘ matbuot xizmati.

Ko‘rgazmada zooparkning uzoq tarixi, uning jonivorlari va xodimlarini aks ettiradigan 100 dan ortiq arxiv fotosuratlar taqdim etiladi.

Namoyishga tashrif buyuruvchilarga hayvonot bog‘i qanday o‘zgargani, uning kolleksiyasiga qanday hayvonlar qo‘shilgani va xodimlarning muassasa rivojiga qanday hissa qo‘shganini ko‘rish imkonini beradi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ko‘rgazma ham kattalar, ham bolalar uchun qiziqarli bo‘ladi.

“Fotoko‘rgazma — shunchaki fotosuratlar to‘plami emas, balki professional fotograflar, havaskorlar, xodimlar va do‘stlarimiz nigohi orqali olingan yovvoyi tabiat olamiga sayohatdir. Har bir rasm o‘z tarixini hikoya qiladi. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan odam hayvonot bog‘ining kundalik hayoti, ularning xarakteri, odatlari va qo‘riqchilar bilan muloqot qilish lahzalarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi”, — deya qayd etdi bog‘ ma’muriyati.

1924-yil 24-oktabrda tashkil etilgan Toshkent hayvonot bog‘i O‘rta Osiyodagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda uning maydoni 21,5 gektar bo‘lib, unda 336 turdagi 8000 dan ortiq jonivor yashaydi. Zoopark noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarni saqlash bo‘yicha xalqaro dasturlarda va ekologik ta’limda faol ishtirok etadi.

Tashkilotchilar, shuningdek, arxivida hayvonot bog‘ining eski suratlari bo‘lgan barchani info@tashkentzoo.uz manziliga yoki hayvonot bog‘ining ijtimoiy tarmoqlari: Telegram, Instagram yoki Facebook orqali yuborishlarini taklif qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101821 | Инструменты