Oq mo'ynasida qora-jigarrang chiziqlari bo'lgan ko'k ko'zli yo'lbars yovvoyi hayvonlar orasida juda kam uchraydi
Toshkent hayvonot bog'ining xabar berishicha, "Wildlife care" kompaniyasi tomonidan BAA pitomnigidan olib kelingan 10 oylik oq yo‘lbars - Fufunya o‘z volyeriga ko‘chib o‘tadi.
Oq yo‘lbars — leutsistizm deb ataladigan tug‘ma mutatsiyaga ega bo‘lgan Bengal yo‘lbarsi. Oq mo‘ynasida qora-jigarrang chiziqlari bo‘lgan ko‘k ko‘zli yo‘lbars yovvoyi hayvonlar orasida juda kam uchraydi va uning omon qolishi ham mushkul masala, negaki u ovchilar ko‘ziga olovdek ko‘rinadi va boshqa hayvonlarning o‘ljasiga ham aylanadi.
Hayvonot bog‘larida oq yo‘lbarslar qulayroq va xavfsizroq muhitda yashaydi. Zero, hayvonot bog‘larida bu ojiz hayvonlarni parvarishlash uchun barcha sharoit yaratiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110722 | Инструменты