Huawei 1
Toshkent Markaziy vokzali faoliyati 16-avgustdan tiklanadi

16-avgust sanasidan Toshkent Markaziy vokzali o‘z faoliyatini qayta boshlaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar qildi.

Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin bo‘ladi. Yaʼni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent-Volgograd-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar avvalgidek Toshkent Markaziy vokzalidan harakatlanadi.

Hozirda Toshkent Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar ham 16-avgust sanasidan boshlab Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100723 | Инструменты