So‘nggi 7 yilda Toshkent metropolitenida bekatlar soni 29 tadan 50 taga yetdi, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, metro liniyalarning umumiy uzunligi esa 38 kilometrdan 71 kilometrgacha oshdi.
2017-yildan 2019-yilgacha 36 ta poyezd ekspluatatsiya qilingan. 2024-yilga kelib ularning soni 65 taga yetkazildi.
2025-yil yakuniga qadar yana 26 ta zamonaviy tarkib xarid qilinishi rejalashtirilgan.
“Bu esa poyezdlar qatnov oraliq vaqtlarini sezilarli darajada qisqartiradi va yo‘lovchilar uchun sharoitlarni yanada qulaylashtiradi”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112219 | Инструменты