AOKAda Ichki ishlar vazirligi departament boshlig‘i o‘rinbosari Umidbek Nurullayev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ichki ishlar organlarida kadrlarni tayyorlash borasida islohotlar, yangicha yondashuvlar yuzasidan maʼlumot berildi.
So‘ngi 8 yil davomida ichki ishlar organlari tizimida xalqaro standartlarga mos ravishda raqobatbardosh kadrlarni tanlash, ularni maqsadli tayyorlash va kasbiy malakasini oshirib borishni sifat jihatdan yaxshilash maqsadida qator islohotlar amalga oshirildi.
Ichki ishlar organlarida kadrlarni yoshligidan boshlab tayyorlashning 3 bosqichli samarali tizimi joriy etildi.
1-bosqichda: kelajak avlodni milliy vatanparvarlik va qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlikning Ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi.
Maktab-internatida 5 yillik taʼlim dasturi asosida 321 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.
2-bosqichda: Respublikaning har bir hududi va viloyatlarida Vazirlikning 14 ta akademik litseylari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik-litseyi tashkil etildi.
14 ta litseyda 2 yillik taʼlim dasturida 5 024 nafar, Nukus “Temurbeklar maktabida” 2 yillik dastur asosida 201 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda.
3-bosqichda: Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida amalga oshirilib, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab 2 bosqichli bakalavriat va magistratura taʼlim yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112223 | Инструменты