Bugungi kunda 600 turga yaqin elektrotexnika mahsulotlari jahonning 72 mamlakatiga 180 ta eksportyor korxona tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov maʼlum qildi.
Elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan o‘tgan 10 oy davomida 22 trln so‘mdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilib, 116 foiz o‘sish ko‘rsatkichlariga erishildi.
Eksport hajmi esa 985 mln dollarga teng bo‘ldi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123 foizni tashkil etadi. Xususan, kabel-sim mahsulotlari eksporti 649 mln dollarni, maishiy texnika mahsulotlari 152,6 mln dollar, kuchlanish qurilmalari va boshqa elektrotexnika mahsulotlari eksporti 183 mln dollarni tashkil etgan.
Investitsiya dasturi doirasida 160 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirildi, shundan 145,6 mln dollar mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, hududiy dasturlar doirasida 50 ta loyiha ishga tushirilib, 1800 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Elektrotexnika sanoatida mis xomashyosi muhim ahamiyatga ega. Bu borada tizim korxonalari tomonidan o‘tgan 10 oyda 76,5 ming tonna mis xomashyosi qayta ishlandi.
Uyushmaga aʼzo korxonalar tomonidan byudjetga to‘lovlar miqdori 713 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112223 | Инструменты