Joriy yilda yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun jami 442 ta geologik obyektlar auksionga chiqarilib tadbirkorlik subyektlariga taklif etildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Yer qaʼridan foydalanish markazi” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari Elyor Fozilov maʼlum qildi.
Yer qaʼridan foydalanish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga amaliy ko‘mak berish maqsadida “Front-office” mexanizmi orqali arizalarni qabul qilish joriy qilinib, elektron, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va telefon orqali kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi taʼminlanmoqda.
Joriy etilgan “Front-office” mexanizmi orqali 400 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga ko‘mak ko‘rsatildi.
Strategik turdagi asosiy foydali qazilmalar bo‘yicha (oltin, ko‘mir, mis, qo‘rg‘oshin, rux, kumush, marganes va nodir metallar) geologik qidiruv ishlarini olib borishga jami 11 ta yer qaʼri uchastkalari elektron auksionga joylashtirilib, natijada 9 tasi realizatsiya qilindi/
Noruda xomashyosi bo‘yicha (qum-shag‘al aralashmasi, lyossimon jinslar, kvars, gil, marmar, gips, ohaktosh, granit, mineral tuzlar va boshqa turdagi xomashyolar) jami 412 ta yer qaʼri uchastkalari elektron auksionga joylashtirilib, shundan (141 tasi geologiya-qidiruv ishlariga, 271 tasi foydali qazilmalarni qazib olishga), natijada 167 tasi realizatsiya qilindi/
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga 19 ta yer qaʼri uchastkalari elektron auksionga joylashtirilib, 19 taning barchasi realizatsiya qilinib, ruxsatnomalar ramiylashtirib berilgan.
Bugungi kunda yer qaʼridan foydalanish sohasini raqamlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan: geologik maʼlumotlar to‘plamini hamda tadbirkorlarning hisobotlarini my.gov.uz elektron platformasi orqali taqdim etish tizimi yaratildi.
Shu bilan birga yer qaʼridan foydalanish sohasi uchun yagona “Geomonitoring” axborot tizimini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tizimni ishga tushirish joriy yilning ohiriga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112301 | Инструменты