Huawei 1
Toshkent metrosining Chilonzor yoʻlida texnik nosozlik roʻy berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mirzo Ulug’bek bekatida poyezdda nosozlik kuzatildi” mazmunidagi xabarlar keng tarqalmoqda.

Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9-yanvar sanasi soat 11:51 lar atrofida Mirzo Ulug’bek bekatiga harakatlanib kelgan 29-sonli harakat tarkibida mashinist tomonidan nosozlik aniqlangan. Shu sababli poyezddagi yo’lovchilar bekatga tushirilgan va yo'nalishdagi intervalga ta'sir qilmagan holda ushbu harakat tarkibidagi nosozlikni aniqlash hamda uni bartaraf etish maqsadida tekshiruv yo’lagi tomon yuborilgan.

Hozirgi vaqtda yo’nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10923 | Инструменты