Ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida mamlakatdagi chakana savdo tovar aylanmasi 432,2 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda real hisobda 19,7 foizga koʻpdir.
O‘zbekiston ichki bozorida savdo aylanmasi sezilarli darajada o‘sishda davom etmoqda. Milliy statistika qo‘mitasining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylari yakunlari bo‘yicha ham ulgurji, ham chakana savdo tarmoqlarida yuqori o‘sish suratlari kuzatilgan.
Ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida mamlakatdagi chakana savdo tovar aylanmasi 432,2 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda real hisobda 19,7 foizga koʻpdir. Iste’mol bozorining bunday faollashuvi fonida tadbirkorlik subyektlari soni ham ortib bormoqda. Xususan, 2026-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 93 517 taga yetdi.
Shu bilan birga, ulgurji savdo tarmog‘ida ham yirik hajmlar qayd etildi. Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 511,8 trillion so‘mga yetib, 2025-yilning mos davriga nisbatan real ifodada 19,2 foizlik o‘sishni namoyish etdi. Bugungi kunda ushbu sektorda iqtisodiy faoliyatni yuritayotgan tijorat korxonalari soni 59 166 tani tashkil qilmoqda.
Yetakchi iqtisodchilarning ta’kidlashicha, savdo aylanmasining qariyb 20 foizlik raqamlar bilan o‘sishi aholining xarid qobiliyati yuksalayotgani hamda mamlakatda biznes yuritish uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar samarasidir. Subyektlar sonining ortishi esa tarmoqda sog‘lom raqobatni kuchaytirib, xizmat ko‘rsatish sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103016 | Инструменты