Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sobiq sudyasi Sh. Yu. Jinoyat kodeksining 208-moddasi va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumondor sifatida jalb qilingan.
Biroq ijtimoiy tarmoqlardagi uning go‘yoki “maxsus tadbirda qo‘lga olingani”ga oid xabarlar asossiz, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Sh. Yu. jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan ancha oldin, Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты