Toshkent shahar prokuraturasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida 2023/2024-o‘quv yilida “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” joriy etish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda TDYU rektori v.v.b., professor Islambek Rustambekov, Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bunyod Rajabov, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Bobir Mirzayev, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.Tadbirda mazkur memorandumdan ko‘zlangan maqsad, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi stipendiyaning ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, Toshkent davlat yuridik universitetidagi ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning ilm-fan va ijodkorlikka bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish, ularning tashabbuskorliklarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni Vatanga sadoqat va milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashga e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida joriy etilayotgan “Toshkent shahar prokurori” stipendiyasi talabalarning nazariy bilimlarini huquqni qo‘llash amaliyoti bilan mustahkamlash, ularda prokurorlik kasbiy fazilatlarini shakllantirish, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishiga ko‘maklashish bilan bog‘liq tadbirlar majmuidan iborat tashabbuskor loyihadir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53106 | Инструменты