Prezidentning 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, joriy yilning 14-avgust kunidan boshlab, 171-sonli “Bo'zsuv markazi – Chilonzor metrosi” yangi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etilmoqda.
Yo'nalish harakati Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Boʻzsuv QFY hududidan 4K716, M-39 avtomobil yoʻllari va Bunyodkor shoh koʻchasi orqali “Chilonzor metrosi” bekatiga qadar, ish tartibi soat 05:30 dan 21:10 gacha etib belgilandi.
Mazkur yo'nalishda xizmat ko`rsatish huquqi Jamiyatning "7-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilib, yo'nalishda kichik sig'imli ISUZU rusumli avtobuslar harakatlanishi belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80402 | Инструменты