8-aprel kuni soat 07:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Saqichmon ko’chasida joylashgan, do’konda yong’in sodir bo’layotgani to’g’risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 07:47 da yetib borib, yong‘in soat 07:57 da o’chirildi.
Yong’in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo’q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Farg'onadagi kiyim-kechak do'konida yong'in sodir bo'lgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41704 | Инструменты