Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida mutaxassislar ishtirokida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi xabarlar va ularga sabab bo‘layotgan holatlarning muhokamasi o‘tkazildi.
Unda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘.O‘tayev ishtirok etib, Prezident tashabbusi bilan mamlakatda “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida 85 mln tupdan ortiq daraxt ekilganligi, Orol dengizining qurigan tubida 1,8 million gektar maydonda yoki birgina Surxondaryoda qurg‘oqchilikka chidamli 3 mln tup o‘simliklardan iborat yashil hududlar barpo etilganligi aytib o‘tildi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi maʼlumotlar va ularning sabablariga to‘xtalib, shaharida sunʼiy ko‘llar, suv havzalari, yashil qoplamalarning kamayib ketganligi, mintaqada suv tanqisligi sabab cho‘llashishning kengayib borayotganligi, avtotransport vositalari, yoqilg‘i energetikasi hamda suvdan tejamkorlik bilan foydalanishda muayyan qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yilmayotganligi, atmosferaga meʼyoridan ortiq tashlamalar tashlanayotganligiga urg‘u berdi.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha Atmosfera havosini “Avtomobilsiz kun”, hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish, jamoat transport vositalaridan foydalanishni kengaytirish, standart minimumini “Yevro-4”ga ko‘tarish, sanoatda ko‘mir yoqilg‘isidan voz kechish va shu kabi ko‘plab takliflarni ishlab chiqish va realizatsiya qilishga kelishildi.
Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi havo ifloslanishini avtomatik usulda monitoring qilishga mo‘ljallangan zamonaviy HORIBA stansiyalari bilan taʼminlangan bo‘lib, havo ifloslanishi bo‘yicha rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi. Havo ifloslanishi bo‘yicha maʼlumotlar bilan ishlashda rasmiy manbaalardan foydalangan holda norasmiy manbaalarga tayanmaslik tavsiya etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62813 | Инструменты