Huawei 1
Toshkent shahrida to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 31-yanvar kuni soat 23:20 larda Mirzo Ulug’bek tumani Mustaqillik-Oqqurg’on ko’chalari kesishgan chorrahasida 

haydovchi 1994-yilda tug’ilgan A.T. boshqaruvidagi Cobalt rusumli transport vositasi;
haydovchi 2001-yilda tug’ilgan Z.Sh. boshqaruvidagi Cobalt rusumli transport vositasi,
haydovchi 2001-yilda tug’ilgan Sh.S. boshqaruvidagi Onix rusumli transport vositasi,
haydovchi 1979-yilda tug’ilgan K.B.boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinalari o’zaro to‘qnashuvi natijasida yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan.

YTH natijasida Onix haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko’rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2024-yilda har uchinchi YTH yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20315 | Инструменты