Huawei 1
Yevropa Ittifoqi BMTning Qochqinlar bo'yicha konvensiyasini qayta ko'rib chiqishni rejalashtirmoqda

Yevropa Ittifoqi (YeI) 1951-yilda qabul qilingan BMTning Qochqinlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiyasini qayta ko‘rib chiqish rejasini ishlab chiqmoqda. Mazkur konvensiya qochqinlarni hayoti yoki erkinligiga jiddiy tahdid solishi mumkin bo‘lgan mamlakatga qaytarib yubormaslik prinsipini belgilaydi.

The Times nashrining xabariga ko‘ra, YeI davlatlari ushbu konvensiya endi o‘z maqsadiga mos kelmasligini tobora ko‘proq tan olmoqda. YeIning diplomatik hujjatida shunday deyilgan: “Ta’kidlash joizki, bu prinsplar Ikkinchi jahon urushidan keyin ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘sha davrdagi geosiyosiy vaziyat bugungidan tubdan farq qilgan”.

Konvensiya 144 ta davlat tomonidan imzolangan bo‘lib, unda hech bir boshpana so‘rovchisi hayoti yoki erkinligiga tahdid soluvchi mamlakatga qaytarilmasligi kerakligi belgilangan. Biroq, so‘nggi o‘n yillikda Yevropa davlatlari millionlab qochqinlik maqomini berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish va boshpana berish rad etilgan shaxslarni qaytarishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu esa mazkur prinsipni tobora ko‘proq shubha ostiga qo‘ymoqda.

2024-yil dekabr oyida Suriyada hokimiyat almashganidan so‘ng, Yevropa davlatlari suriyalik qochqinlarning boshpana so‘rovlarini qabul qilish jarayonini to‘xtata boshladi. Masalan, Avstriya, hududida taxminan 87 ming suriyalik boshpana topgan, ilgari tasdiqlangan boshpana so‘rovlarini ham qayta ko‘rib chiqishni buyurdi.

YeIning ushbu tashabbusi qochqinlar siyosatini zamonaviy muammolarga moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, rad etilgan boshpana so‘rovchilari va jinoyatga aloqador migrantlarni tezroq deportatsiya qilishni osonlashtirishni maqsad qilgan. Takliflar 2025-yil bahorida taqdim etilishi kutilmoqda. Germaniya va Italiya kabi davlatlar ushbu choralarni ilgari surmoqda, garchi huquqiy muammolar mavjud bo‘lsa ham.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20315 | Инструменты