O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi “Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-34-son qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
2028 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik-naslchilik korxonalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan xo‘jaliklarga jo‘jalarni yetkazib berishda foydalaniladigan motorli transport vositalariga (TIF TN kodi 8704 22 920 9) import bojxona boji 5 foiz hamda dvigatelning har bir kub sm uchun 1,2 AQSH dollari etib belgilandi.
2025 yil 1 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan palma moyiga hamda tarkibida palma moyi va yog‘ kislotalarining trans izomerlari mavjud bo‘lgan mahsulotlarga, shu jumladan, sut va sutni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirishda mavjud akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida o‘rnatilgan tartibda palma moyi va uning fraksiyalari amaldagi texnik reglament va standartlar talablariga asosan majburiy sinovdan o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20318 | Инструменты