Toshkent shahrida yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ochiladi

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan 2025-yil 28-martdan quyidagi o‘zgarishlar amalga oshiriladi:

190-sonli avtobus yo‘nalishi

“Yangibozor AShB - Mashinasozlar metrosi” yo‘nalishi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha bir tomonlama harakat qiladi. Keyin o‘zining avvalgi yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettiradi.

Yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ochiladi. 

“O‘zbekiston mehmonxonasi bekati - Yangi Toshkent bekati” yo‘nalishi tashkil etiladi.

Ushbu yo‘nalish Maxtumquli va Yangi O‘zbekiston yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi.

137-sonli avtobus yo‘nalishi

Endilikda Istiqbol mahallasi bekatidan Parkent yo‘li ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha ikki tomonlama harakat qiladi.

“Istiqbol mahallasi - Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi” yo‘nalishi “Yangi Toshkent bekati - Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi” deb nomlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50619 | Инструменты