Toshkent shahrida yil boshidan uy-joylarning o‘rtacha narxi 20%ga, ijara narxi esa 43%ga oshdi

Ko‘chmas mulk bozori tahlili yil boshidan buyon sotish hajmining 9,2%ga o‘sganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida uy-joylarning o‘rtacha narxi qariyb 20%ga oshdi. Ekspertlarning fikricha, uy-joy ijarasiga bo‘lgan talabning ortishi oktyabr oyida savdo hajmining biroz pasayishiga xizmat qildi.

Oktabr oyida ko‘chmas mulk bozorida yoz oylarida boshlangan savdoning yuqori faolligi biroz pasayish bilan o‘rin almashdi. Bu orada ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni o‘tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan 4,3%ga oshgan.

Yil boshidan buyon savdo hajmining eng yuqori o‘sish sur’atlari Jizzax – 42%, Sirdaryo – 29% viloyatlarida va Toshkent shahrida – 15% kuzatildi.

Kuz boshlarida uy-joy ijarasiga bo‘lgan talabning keskin o‘sishi qayd etilgan bo‘lib, bu oktyabr oyida sotishning pasayishiga xizmat qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida uy-joy oldi-sotdi hajmining biroz kamaygani kuzatildi (-72 ta). Bunda poytaxtda oktyabr oyida o‘rtacha ijara narxi 17%ga oshib, 1 kv.m uchun 10,5 dollarni tashkil etdi, yil boshidan esa bu ko‘rsatkich 43%dan ziyodga ortdi.

Uy-joy ijara narxlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Olmazor – 49%, Yashnobod – 44%, Sergeli – 34% va Shayxontohur – 33% tumanlarida qayd etildi.

Uy-joy uchun eng yuqori ijara narxlari Shayxontohur, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida qayd etildi. Nisbatan arzon narxlar Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida kuzatildi.

Umuman olganda, yil boshidan buyon uy-joy sotish hajmining o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,2%ni tashkil etdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, oktyabr oyida respublikada ikkilamchi bozorda uy-joylarning o‘rtacha narxi o‘sishi 2,3%ni (sentyabrda – 1,1%) tashkil qildi.

Xususan, yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda 1 kv.m uchun uy-joyning o‘rtacha narxi 11,4%ga oshdi.

Oktabr oyida narxlarning sezilarli o‘sishi Sirdaryo – 6,5%, Qashqadaryo – 6,5% viloyatlarida va Toshkent shahrida – 4,6% kuzatildi.

Toshkent shahrida ikkilamchi bozorda uy-joy narxlarining o‘sishi 4,6%ni (sentyabrda 1,7%) tashkil etdi. Shu bilan birga, poytaxtda yil boshidan buyon o‘rtacha narxlar 19,8%ga ko‘tarilgan bo‘lib, bu talabning, jumladan, chet el fuqarolarining kirib kelishi natijasida sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi.

Narxlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’atlari poytaxtning Yashnobod, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarida qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 43021 | Инструменты