Toshkent shahrida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topildi

Joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v,z" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi  shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ma’lumot o‘rnida, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022-yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.

"Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi",- deyiladi Preokuratura xabarida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40501 | Инструменты