Huawei 1
Toshkent shahridagi Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv tosishi holatlarining oldini olish maqsadida ayni kunlarda kollektor-drenaj tizimi quvurlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.

30-avgustdan 4-sentyabrga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Beshqayrag‘och ko‘chasi bilan kesishmasining pastki tomonidan Istirohat ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘ida joylashgan kollektor quvurlarini ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi (yo'lning bir tomoni) besh kunga yopiladi.

Shahar hokimligi haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so'rab, aylanma yo'llardan foydalanishlarini tavsiya etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50802 | Инструменты