Toshkent shahridan 9 oy ichida fuqarolar eng kam Namangan va Sirdaryo viloyatlariga ko'chib ketgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 7 741 kishini tashkil etgan.

Toshkent shahridan ko‘chib ketish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 676 kishiga (9,6 foizga) oshgan.

Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:

  • — Toshkent viloyati – 5778 kishi;
  • — Qashqadaryo viloyati – 312 kishi;
  • — Samarqand viloyati – 224 kishi;
  • — Buxoro viloyati – 195 kishi;
  • —  Surxondaryo viloyati – 178 kishi;
  • — Xorazm viloyati – 176 kishi;
  • — Qoraqalpog‘iston R. – 149 kishi;
  • — Farg‘ona viloyati – 147 kishi;
  • — Andijon viloyati – 132 kishi;
  • —  Jizzax viloyati – 130 kishi;
  • —Navoiy viloyati – 128 kishi;
  • —Sirdaryo viloyati – 121 kishi;
  • — Namangan viloyati – 71 kishi.

  •  
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51501 | Инструменты