2022-yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 4813 kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.
Bu o‘tgan yilning huddi shu davri bilan solishtirilganda 80 kishiga ya'ni 1,6 % ga kamaygan.
Fuqarolar Toshkentdan doimiy yashash uchun eng ko'p Toshkent va Qashqadaryo viloyatlariga ko'chib ketishgan.
Quyida qaysi hududga qancha aholi ko‘chib ketgani berilgan:
— Toshkent viloyati – 3611 kishi
— Qashqadaryo viloyati – 194 kishi
— Samarqand viloyati – 130 kishi
— Xorazm viloyati – 117 kishi
— Surxondaryo viloyati – 117 kishi
— Buxoro viloyati – 112 kishi
— Navoiy viloyati – 88 kishi
— Qoraqalpog‘iston R. – 88 kishi
— Jizzax viloyati – 82 kishi
— Farg‘ona viloyati – 82 kishi
— Andijon viloyati – 76 kishi
— Sirdaryo viloyati – 70 kishi
— Namangan viloyati – 46 kishi
Eslatib o'tamiz, 2022-yil yanvar-aprel oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 3055 kishini tashkil etgan.
Shuningdek, 6 oyda qancha odam O‘zbekistondan butunlay ko'chib ketgani ham ma’lum qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты