Huawei 1
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 6 ta mashina bir-biriga urilib, avariya sodir bo'ldi

Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bo'limi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 6 ta mashina bir-biriga urilib, avariya bo'lganini ma'lum qildi

Qayd etilishicha, bugun 29-may kuni soat 12:30 larda tumanning Moyqo'rg'on ko'chasida  Malibu 2, BYD SONG,  VAZ 2105, Lacetti, Nexia 3 va Zil bir-biriga to'qnashgan. 

Ularning boshqaruvida:

Malibu 2 —  2001 yilda tug'ilgan S.N.;

BYD SONG — 1974 yilda tug'ilgan M.A.;

 VAZ 2105 — 1986 yilda tug'ilgan M.X.;

Lacetti  — 1988 yilda tug'ilgan B.Z.;

Nexia 3 — 1996 yilda tug'ilgan M.A.;

ZIL — 1995 yilda tug'ilgan R.S. lar bo'lgan.

Xabarga ko'ra, ushbu YTH natijasida tan jarohat olgan yo'q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20911 | Инструменты