Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Ogorodnikov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorlig‘i nusxasini topshirdi.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqboli muhokama qilingan. Xususan, savdo-iqtisodiy va gumanitar sheriklikni yanada mustahkamlash, parlamentlararo aloqani rivojlantirish hamda hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 14-yanvar kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko sanoat vaziri birinchi o‘rinbosari Aleksandr Ogorodnikovni 2018-yildan buyon ishlab kelgan Leonid Marinich o‘rniga O‘zbekistondagi yangi elchi etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20902 | Инструменты