Toshkent Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi. Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va safar oldidan qulay sharoit yaratish maqsadida tashil etilgan bu zona kecha 21-sentabrdan ish boshlagan.
Ta'kidlash zarur, mazkur zal yo‘lovchilarga poyezdni kutish vaqtini qulay, shinam va osoyishta muhitda o‘tkazish imkonini beradi. CIP zal xizmatlari pullik asosda ko‘rsatiladi. Xizmatlar narxlari zalning o‘zida belgilangan tartibda ko‘rsatilgan.
CIP zalda yo‘lovchilar uchun toza va ozoda kutish joylari, yumshoq va qulay o‘rindiqlar, bepul internet, televizor, poyezdlar harakati va vokzal xizmatlari haqida ma’lumot, qulay iqlim sharoiti, ichimliklar va yengil tamaddilar kabi safar oldidan hordiq chiqarish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92314 | Инструменты