Huawei 1
Toshkent teleminorasidagi bayroq yangilandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent teleminorasiga o‘rnatilgan O‘zbekiston davlat bayrog‘ini almashtirish jarayoni aks etgan video tarqaldi.

Videoda ikki xodimning teleminora uchida ishlayotganini tasvirlangan.

Avvalroq, Toshkentda 23 may kuni teleminorasi chaqmoq urgani va uning uchidagi bayroq yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Holat bo‘yicha “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” minorani chaqmoq urmagani, balki “qizil chiroq shu’lasi bayroqqa tushgani”ni ma'lum qilgan edi.

FVV teleminorani chaqmoq urganini tasdiqlab, inshoot bunday holatlarga qarshi himoyaga ega ekanini ma’lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62910 | Инструменты