15-noyabr kuni “O‘zekspomarkaz”da o‘z ishini boshlagan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Faxriddin Davrukov va Moskva meri va hukumati devoni boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Moskva shahar turizm qo‘mitasi raisi Yevgeniy Kozlov o‘rtasida muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida shaharlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik jarayonida sayyohlar sonini har ikki yo‘nalishda bir milliondan ortiq kishiga yetkazish, shuningdek, turizm sohasidagi hamkorlikni targ‘ibot tadbirlari, turizm va madaniyat festivallarini tashkil etish, folklor va havaskorlik jamoalarining gastrollari, o‘zaro takliflar orqali turoperatorlar va ommaviy axborot vositalari vakillarini tegishli milliy turistik marshrutlar va mahsulotlarni o‘rganishga taklif etish, davlatlarning turizm salohiyati targ‘iboti va taqdimotini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida Toshkent va Moskva shaharlari o‘rtasida samarali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10218 | Инструменты